TA’LIM JARAYONIDA O‘QITUVCHI FAOLIYATINI BAHOLASHDA TALIS DASTURINING AHAMIYATI

Mualliflar

Kalit so'zlar

ta’lim jarayoni, TALIS, o‘qituvchi faoliyati, kasbiy rivojlanish, hamkorlik muhiti, raqamli kompetensiya, pedagogik sifat

Annotasiya

Ushbu tadqiqotda o‘qituvchining ta’lim jarayonidagi o‘rni, uning kasbiy faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar va TALIS xalqaro dasturining pedagogik jarayonni baholashdagi ahamiyati tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari o‘qituvchi samaradorligi nafaqat metodik yondashuv bilan, balki kasbiy qo‘llab-quvvatlash, hamkorlik muhiti, rahbarlik yondashuvi varaqamli kompetensiyalar kabi chuqur ichki jarayonlar bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatdi. Shuningdek, professional tarmoqlarda faol ishtirok etayotgan o‘qituvchilarda dars sifati, pedagogik moslashuvchanlik va motivatsiya sezilarli darajada yuqori ekani aniqlandi. TALIS dasturi ta’lim jarayonining kuchli va zaif jihatlarini aniqlashga imkon berib, o‘qituvchini tizimli baholash uchun ishonchli xalqaro mezon vazifasini bajaradi.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2025-11-30

Qanday ko'rsatish

Feruza, A., & Hazratova, S. (2025). TA’LIM JARAYONIDA O‘QITUVCHI FAOLIYATINI BAHOLASHDA TALIS DASTURINING AHAMIYATI. Lingvoscience.Uz: Lingvistika Va Madaniyatshunoslik Fanlarining Dolzarb Masalalari, 1(1), 33-37. https://www.lingvoscience.uz/index.php/journal/article/view/7